URGANÇDA KÖP QAVATLI UY PODVALIDAGI SUV MUAMMOSI BARTARAF ETILDI
29-11-2025, 15:45
211 марта
URGANÇDA KÖP QAVATLI UY PODVALIDAGI SUV MUAMMOSI BARTARAF ETILDIUrganç şahri “Yoşlik” köçasida joylaşgan 26-dam, “Temiryölçilar” mahallasida köp qavatli uy podvalida suv töplanişi bilan boğliq jiddiy xavf mavjudligi haqidagi murojaat jamoatçilik tomonidan kötarilgandan söng mutasaddi taşkilotlar tomonidan tezkor çoralar körildi.
MUAMMO XAL ETILDI
Sönggi malumotlarga köra, podvalda yiğilgan suv maxsus texnikalar yordamida töliq sörib olindi. Şu bilan birga:
- Drenaj va kanalizatsiya tizimi qisman tiklandi;
- Suv çiqişi mumkin bölgan joylar örab-mustahkamlandi;
- Quvurlardagi avariya holati tekşirilib, şiqilgan qismlari yangilandi;
- Podvalda sanitar-texnik körik ötkazildi.
Har qança suv olib taşlangan bölsa-da, mutaxassislar uyning texnik holatini doimiy monitoring qiliş lozimligini qayd etmoqda. Zero, suvning uzoq muddat yotişi bino poydevoriga zarar yetkazgan bölişi mumkin.
Mahalla aholisi tomonidan tezkor çora körganlik uçun masul idoralarga minnatdorlik bildirilmoqda. Şu bilan birga, kelgusida şunday holatlarga yöl qöymaslik, profilaktika işlarini muntazam olib boriş talab etilmoqda.
Eslatib ötamiz, uşbu muammo jamoatçilik etiboriga çiqarilganidan sönggina harakat boşlangani taqdim etilgan murojaatlarning ahamiyati va oçiqlik siyosati samarasini yana bir bor tasdiqladi.