“ARDA XIVA” FUTBOL JAMOASI — NAVBATDAGI YIRIK ĞALABAGA ERIŞDI

“ARDA XIVA” FUTBOL JAMOASI — NAVBATDAGI YIRIK ĞALABAGA ERIŞDI
Xiva şahrining “Arda Xiva” futbol jamoasi Xorazm viloyati birinçiligi musobaqalarida yana bir bor yuqori natijaga erişdi. Jamoa muttasil ravişda törtinçi marotaba çempionlikni qölga kiritib, özining barqaror öyin uslubi va yuqori mahoratga egaligini amalda namoyiş etdi.
Xiva şahar hokimi Temur Davletov jamoa futbolçilari va murabbiylarini uşbu munosib ğalaba bilan muborakbod etar ekan, ularning matonati, fidokorona mehnati hamda jamoaviy ruhini alohida takidladi. Unga köra, bu yutuq — futbolçilarning masuliyatli tayyorgarligi, murabbiylar tomonidan olib borilgan tizimli maşğulotlar va jamoadagi özaro işonç mevasidir.
Tabrik sözlarida şuningdek, jamoaga 1–10 dekabr kunlari Jizzax viloyatida bölib ötadigan birinçi liga yöllanmasi uçun muhim uçraşuvlarda ham omad tilandi. “Arda Xiva”ning bu bellaşuvlarda muvaffaqiyatli iştirok etişi va Xiva nomini yanada yuqori poğonalarda yangratişiga işonç bildirildi.
“Arda Xiva” jamoasining mazkur ğalabasi şaharda futbol rivojlanişiga qöşimça turtki berişi bilan birga, yoşlar örtasida sportga qiziqişni yanada kuçaytirişi kutilmoqda.


