Urgançda kanalizatsiya tizimi qurilişi jadal suratda davom etmoqda
4-12-2025, 07:29
378 марта
Urgançda kanalizatsiya tizimi qurilişi jadal suratda davom etmoqdaÖzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 apreldagi «Evropa tiklaniş va taraqqiyot banki iştirokida Xorazm viloyatining kanalizatsiya tizimini rekonstruktsiya qiliş va quriş loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi №221-sonli qaroriga asosan, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (ETTB) kredit mablağlari hisobiga «Xorazm viloyatining kanalizatsiya tizimini rekonstruktsiya qiliş va quriş» loyihasi doirasida Urganç şahrida oqova suv tarmoqlarini barpo etiş işlari jadal boşlab yuborildi.
Qiymati 19,116 mln. dollar bölgan uşbu obekt doirasida 111 kilometr kanalizatsiya tarmoği tortiladi. Pudratçi taşkilot — Xitoyning Zhongmei Engineering Group Ltd kompaniyasi tomonidan hozirga qadar 700 metr oqova suv quvuri yotqizilib, quriliş işlari olib borilmoqda.
Loyiha töliq amalga oşirilgandan söng Urganç şahrida aholining markazlaşgan oqova suv xizmati bilan qamrab olinişi 75 foizga yetkaziladi.



