6 dekabr kuni Xorazmning bir qator hududlarida tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi
5-12-2025, 18:11
922 марта
6 dekabr kuni Xorazmning bir qator hududlarida tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladiUrganç şahrining “Sanoatçilar” zonasidan ötuvçi, Urganç tumanining Boğdorçi, Qipçoq, Bobdehqon va Yuqori ovul mahallalarini tabiiy gaz bilan taminlovçi yuqori bosimli gaz quvurida aniqlangan gaz sizib çiqişi holati bartaraf etilişi munosabati bilan 6 dekabr kuni soat 09:00 dan 18:00 gaça uşbu hududlarga tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatiladi.
Şuningdek, Şovot tumanining Qiyot mahallasini tabiiy gaz bilan taminlovçi yuqori bosimli yer usti gaz quvurida tamirlaş işlari olib borilişi sababli 6 dekabr kuni soat 09:00 dan 17:00 gaça uşbu mahallaga tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatiladi.
Tamirlaş işlari töliq yakunlangandan söng tabiiy gaz taminoti qayta tiklanadi.