Xorazmda hisoblagiçdan taşqari elektr energiyasiga noqonuniy ulaniş holatlari aniqlanmoqda
5-12-2025, 23:13
138 марта
Xorazmda hisoblagiçdan taşqari elektr energiyasiga noqonuniy ulaniş holatlari aniqlanmoqda“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan istemolçilarning elektr energiyasidan foydalanişda qoidabuzarliklarning oldini oliş, şuningdek, elektr taminoti şartnomasini tuzmasdan, “HET Billing” dasturiga kiritilmasdan elektr tarmoqlariga özboşimçalik bilan ulaniş holatlarini aniqlaş maqsadida hududlarda reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, Boğ‘ot tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida “Ustalar” mahallasida yaşovçi B.A.ga tegişli xonadon örganilganda, elektr tarmoğiga hisoblagiçdan taşqari özboşimçalik bilan ulaniş holati aniqlandi. Tekşiruv jarayonida jami quvvati 4,3 kVt bölgan uskunalar elektr hisoblagiçdan taşqari ulangan holda işlatilgani malum böldi.
Mazkur qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga köra, elektr taminoti korxonasiga 203 million 400 ming söm miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan tegişli tartibda dalolatnoma rasmiylaştirilib, qonuniy çora köriş maqsadida hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etildi.
Hurmatli istemolçilar!
Elektr energiyasidan qonun talablari asosida, belgilangan tartibda foydalanişingizni sörab qolamiz. Noqonuniy ulanişlar nafaqat moliyaviy javobgarlikka, balki jinoiy javobgarlikka ham sabab bölişi mumkin.

