Öçirişlar yuzasidan kelib çiqqan norozilikka “Hududiy elektr tarmoqlari” rasmiy munosabati bildirildi
9-12-2025, 18:32
658 марта
Öçirişlar yuzasidan kelib çiqqan norozilikka “Hududiy elektr tarmoqlari” rasmiy munosabati bildirildiSönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Urganç şahrida elektr energiyasi öçirilişi hamda aholi noroziligi yoyilgan murojaat böyiça “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali rasmiy izoh berdi.
Malum qilinişiça, aholini qiş mavsumida barqaror elektr energiyasi bilan taminlaş maqsadida Urganç şahar elektr taminoti tomonidan joriy yilning 4–9 dekabr kunlari 110/35/6 kVli “Urganç” podstantsiyasidan çiquvçi “Qörmamaş” havo tarmoğida mukammal tamirlaş işlari amalga oşirilgan.
Şu munosabat bilan Urganç şahar “Navbahor” mahallasida elektr taminoti belgilangan reja asosida vaqtinça çeklangan.
Taşkilot rahbariyati takidlaşiça, bu işlar aholiga uzluksiz va sifatli elektr energiyasi yetkazib berişni taminlaş, qişda yuzaga kelişi mumkin bölgan yuklamalarni bartaraf etiş maqsadida amalga oşirilgan.
Ayni vaqtda mazkur havo tarmoğidagi mukammal tamirlaş işlari töliq yakunlangani va elektr taminoti qayta tiklangani malum qilindi.