XIVA–URGANÇ YÖLIDA YTH: “DAMAS” AĞDARILIB KETDI, AHOLI YoRDAMGA ŞOŞILDI
10-12-2025, 07:56
443 марта
XIVA–URGANÇ YÖLIDA YTH: “DAMAS” AĞDARILIB KETDI, AHOLI YoRDAMGA ŞOŞILDIBugun Xiva–Urganç yölida “Damas” va “Neksiya” avtomaşinalari iştirokida yöl-transport hodisasi yuz berdi. Dastlabki malumotlarga köra, töqnaşuv natijasida “Damas” avtomaşinasi ağdarilib ketgan.
Hodisa sodir bölgan joydagi fuqarolar bir zumda yordamga yetib kelib, ağdarilgan maşinani önglaşga kirişişgan. Guvohlarning aytişiça, aholi tomonidan tez körsatilgan yordam natijasida avtomaşina qisqa fursatda kötarib olingan.
Hodisa sabablari va jabrlanuvçilar holati haqida rasmiy malumotlar hozirça elon qilinmagan. Mazkur holat yuzasidan tegişli idoralar tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Yölovçilar va haydovçilardan yölda ehtiyotkorlikni oşiriş, ayniqsa qiş mavsumida harakat qoidalariga qatiy rioya etiş söralmoqda.