Urganç yoğ zavodi uruşdan oldingi va keyingi yillari
30-04-2025, 12:54
1 418 марта
Urganç yoğ zavodi uruşdan oldingi va keyingi yillariIkkinçi jahon uruşigaça ötgan beş yilliklar davrida zavod nafaqat Urganç şahrida, balki viloyatdagi barça sanoat korxonalari orasida birinçilikni qöldan bermay keldi.
U Toşkent va hozirgi Sankt-Peterburgdagi maşinasozlik zavodlari bilan hamkorlikda yangi işlab çiqariş liniyalarini işga soldi, yoş işçi-kadrlar öquv-seminarini taşkil etdi, ilğorlarni rağbatlantirdi. Eng muhimi ikki tsilindrli “Pompud” tipidagi 250 ot kuçiga ega bölgan buğ bilan işlaydigan qozon örnatildi. Natijada bir sutkada 3820 kg. oqlanmagan yoğ, 3334 kg. rafinatsiyalangan yoğ, 500 kg. sovun işlab çiqarişga erişildi. Bu 1930 yildagiga nisbatan deyarlik ikki barobar ziyod degani.
1935-1936 yillar zavod jamoasi uçun katta kötarinkilik yillari böldi. Şu yil korxonada staxanovçilik harakati keng quloç yoydi. Işçilar bir smenada ikki norma bajariş musobaqasiga qöşildilar. Rahim Xudoyberganov boşliq yoğ-moy (juvoz) tsexidan 30 kişi staxanovçilik harakatiga qöşilib mehnat unumdorligini 20 foiz oşirişga muvaffiq böldilar. Korxona işçilari boşlagan staxanovçilik harakatiga birinçi bölib Urganç tikuvçilik fabrikasi jamoasi ham qöşildi.
1936 yil 8 fevral kuni zavod jamoasi sobiq mamlakat oziq-ovqat xalq komissarlar kengaşining raisi I.Mikoyan imzo çekkan tabrik telegrammasini oldi. Telegramma “Xorazm haqiqati” gazetasida çop etildi va u viloyatdagi barça işçi-xizmatçilar, paxtakor dehqonlar örtasida öqib eşittirildi.
Viloyat dehqonlari paxta hosildorligini yanada oşiriş, paxta tozalaş sanoati xodimlari uning bir grammini ham nobud etmay Toşkent, Ivanovo, Moskvadagi tikuvçilik, töquvçilik fabrikalariga jönatiş, “Krasniy Oktyabr” zavodi jamoasi esa qabul qilib olingan çigitni tayyor mahsulotga aylantirib, mamlakat istemolçilariga muntazam yetkazib turiş majburiyatini oldilar.
Ötkazilayotgan siyosiy-tarbiyaviy tadbirlar öz samarasini berdi. Zavod har sutkada 146,5 tonna örniga 160,4 tonna çigitni qayta işladi.
Şuningdek, Bobojon Odamov, Qöşoq Otajonov boşliq smena normasini 280-290 foizga yetkazib bajardilar.
1937 yilda staxanovçilik harakatiga qöşilganlar soni 60 kişiga yetdi. Ortiq Bekçonov, Qurbonboy Hasanov, Husayin Avazmetov, Nurumboy Otajonovlarning fotosuratlari “Hurmat taxtasi”dan joy oldi.
1938-1940 yillarda zavodning işlab çiqariş quvvatlari yanada oşdi. “Şuxov” tipidagi 400 ot kuçiga ega bölgan dastgohlar örnatildi. Natijada mehnat unumdorligi 125 % kötarilib işçi-xizmatçilarning oylik maoşlari östirildi.
1939 yil 1 sentyabrda boşlangan Ikkinçi jahon uruşi 1941 yil 22 iyundan haqiqiy tus oldi. Şu bilan tinç ijodiy mehnat va turmuş tarzi buzildi. Mamlakatning hamma joylarida bölgani kabi 26 iyun kuni uruşni qoralab miting ötkazildi. Miting: “Hamma narsa front uçun, biz ğalaba qilamiz” şiori ostida ötdi. Korxona jamoasi bir jon, bir tan bölib front uçun yanada yaxşiroq işlaşga qasamyod etdilar. Köngilli bölib frontga jönamoqçi bölganlarga oq yöl tilandi. Şu kundan boşlab korxonada 10 soatlik majburiy iş kuni, zarur paytda 2-3 smena işlaşga ötiş mumkinligi elon etildi.
Şu tariqa Urganç yoğ zavodi jamoasi uruş davridagi barça qiyinçiliklarni huşyorlik bilan yengib, işda temir intizom örnatib, yuksak fidoyilik körsatib işlay boşladi. Barça uçastka va tsexlarda uruşga ketgan erkaklar örnini xotin-qizlar egalladilar.
Uruşning birinçi va ikkinçi yilida işlab çiqariş körsatkiçlari 25-30 foizga kamaysa ham Vatan himoyaçilari va qamalda qolgan jabrdiydalarga ön ming tonnadan ziyod turli mahsulotlar jönatildi.
Uruş yillarida zavod jamoasi işlab çiqariş brigadalari örtasida musobaqalarni qizitib yubordi. 1943 yilda zavodning birinçi brigada işçilari ğolib bölib, planni 103,8 foizga bajardilar. Eng yuqori muvaffaqiyatlarga yoğ juvoz va sovun pişiriş tsexlari işçilari erişdilar.
Uruşga ketganlarning bir qismi zavodga qaytib keldilar. Ular orasida orden va medallarga sazovor bölganlar Sodiq Ibodullayev, Safo Jumaniyozov, Aleksey Çurlikin, Semyon Kuznetsov, Yakfar Mazitov, Viktor Kuznetsov, Viktor Salumin, Sotim Nurmatov, Abdulla Abdurahmonov, I.Popolitov, M.I. Kravtsov, Qodir Annamuratov va boşqalar bor edi.

Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari1948 yilda yalpi mahsulot işlab çiqariş hajmi 1924 yilga nisbatan 6 martaga köpaydi. Şuningdek, 1948 yilda sovun işlab çiqariş ham 1928 yilga nisbatan 3 barobar köpaygan edi.
Urganç yoğ zavodi jamoasiga öz işini biladigan kadrlar rahbarlik qilganligi va işlab çiqariş kuçlaridan oqilona foydalaniş uçun işçi-texnik mutaxassislari yetarliça jalb etilganligi natijasida yuksak yutuqlar kölga kiritildi.
Uruşdan keyingi yillarda yoğ zavodi tsexlaridagi eski texnikalar yuqori unumli, zamonaviy uskunalar bilan almaştirilib mehnat unumdorligi yanada oşirildi.
1952 yilda quvvati 900 ot kuçiga ega bölgan, isitiş maydoni 117 m2 bölgan Çexiyaning “Grass” rusumli ikkita lokomobili qurilib foydalanişga topşirildi.
1954 yilda zavodning tayyorlov tsexida tamirlaş işlari boşlandi. Tsexni tamirlaş 2 bosqiçda olib borildi. Birinçi bosqiça quvvati 1000 kVt bölgan buğ turbinasi buğ qozoni bilan örnatildi. Ikkinçi bosqiçda “Litner” va “Gartman” tipidagi beşta buğ qozonlari örnatildi. Uşbu tadbirlarni amalga oşirişda zavod direktori Ye.F.Demakov, boş muhandis V.I. Devyatkin, boş mexanik N.M.Sanjarovskiylarning xizmatlari katta böldi.
Issiqlik manbai tsexining böşagan qismida qöşimça moy-juvoz tsexi taşkil qilindi va u 1956 yilda işga tuşirildi. Natijada zavodda mehnat unumdorligi kötarildi, işlaş şaroiti yaxşilandi, yoğ işlab çiqariş uzliksiz ravişda taşkil qilindi, maşina va texnikalarning bekor turib qolişiga aslo yöl qöyilmadi.
Zavodning uruğlik xöjaligida qöl mehnati hajmini kamaytiriş, işlarni mexanizatsiyalaştiriş maqsadida 1956 yilda jami beşta, uzunligi 45 metrlik transporterlar örnatildi. Natijada yiliga 2376 söm tejab qolinadigan böldi.
Korxona injener-texnik xodimlari, işçilari olib borgan fidokorona mehnat va tsexlarni qayta jihozlaş hamda tamirlaş işlari evaziga 1955 yili rejalar muddatidan oldin 103,2 foizga bajarilib, qöşimça 252 tonna qora yoğ, 1067 tonna rafinatsiya yoği, 43 tonna xöjalik sovuni köp işlab çiqarilgan. Bundan taşqari, tabiiy yöqoliş hisobiga 41 tonna yoğ tejab qolingan, mehnat unumdorligi 6,5 foizga oşgan. 1956 yilgi yalpi mahsulot işlab çiqariş hajmi 102,6 foizga bajarildi.
Korxonada 18 ta ratsionalizatorlik takliflari işlab çiqarişga tadbiq qilinganligi sababli 69 ming söm iqtisodiy samara körildi va yalpi mahsulot işlab çiqariş plani 107 foizga bajarildi. Bu davrda zavodga I.T.Sorokin direktor etib tayinlandi. Uning rahbarligida injener-texnik xodimlar, işçi brigadalar, tsexlar örtasida musobaqa taşkil qilinib, ğoliblar mukofotlandi.
Işlab çiqariş planlarini oşirib bajargan va ratsionalizatorlik taklifi bilan çiqqan işçilar moddiy rağbatlantirilib borildi. Natijada 1958 yilning yalpi mahsulot işlab çiqariş hajmi 434 ming sömga oşdi va plandan taşqari 283 tonna qora yoğ, 123 tonna xöjalik sovuni va 273 tonna şeluxa köp işlab çiqarildi.
Işlab çiqarişga yangi texnikalarning joriy qilinganligi evaziga mehnat unumdorligi 123,3 foizga oşdi va zavodda planlaştirilgan taşkiliy-texnikaviy tadbirdagi işlarning amalda bajarilganligi sababli 64 işçining qöl mehnatini mexanizatsiyalaştirişga erişildi.
1957 yilda zavodda rejadagi 40 işçi örniga 56 nafar işçining malakasi oşirildi. Yakka tartibda öqitib oliş böyiça 12 yoş oliy va örta maxsus bilim yurtlariga jönatilib, stipendiya bilan taminlanadigan böldi.
1957 yilda moyjuvoz tsexi qayta rekonstruktsiya etilib 14 moyjuvoz uskunalari örnatilib işga tuşirildi. Natijada zavod 11 092 tonna qora yoğ, 9228 tonna oqlangan istemol yoği va 1507 tonna xöjalik sovuni işlab çiqarişga muvaffaq böldi.
Respublika hukumati 1960 yil dekabrida Urganç yoğ zavodida oqlangan istemol yoği (rafmaslo) işlab çiqarişni keskin köpaytiriş yuzasidan maxsus qaror qabul qildi. Natijada yoğni oqlaş (rafinatsiya) tsexi 1962 yilda işga tuşirildi.
Urganç yoğ zavodining sovun pişiriş tsexi bölimida sutkasida 33 tonna qora yoğni işlab çiqaradigan siğimi 10 m3 bölgan ikkita neytralizatsiya qiladigan yuqori unumli uskuna örnatilib, yoğ oqlaş tsexi 1962 yilning oxirida işga tuşirildi. Tsexning quvvati sutkasiga 60 tonna ösimlik yoğini qayta işlab, yoğni filtrlaş, quritiş va yuviş işlari amalga oşirila boşlandi. Natijada 1963 yilda korxonada qöşimça 30 tonna yoğ iqtisod qilinib mehnat unumdorligi 8,5 foizga ösganligi hujjatlarda qayd etildi.
Zavodda iş 3 smenada taşkil qilinib yillik işlab çiqariş plani muddatidan oldin bajarildi. Plandan taşqari 100 tonna ösimlik yoği va önlab tonna şeluxa, kunjara, sovun kabi mahsulotlar işlab çiqarildi.
1959 yilda yalpi işlab çiqariş plani oşirib bajarilib, 84319 tonna çigit qayta işlandi, plandan taşqari 1276 tonna qora yoğ, 430 tonna oqlangan yoğ, 3710 tonna şeluxa, 2 tonna xöjalik sovuni işlab çiqarildi. Moyjuvoz tsexidagi quvvatlardan foydalaniş 5,8 foizga, zavodda mehnat unumdorligi 6,8 foizga oşgan. Kadrlarni tayyorlaşga katta etibor berilgan. Zavod işçi-xodimlaridan 92 işçining texnik malakasi oşirildi, 6 xodim yakka tartibda öqitilib, 27 odamning malakasi oşirildi.
Zavodda 1959 yilda yoğni oqlaş tsexidagi soapstok siğimli maxsus idiş örniga 2 marta katta bölgan şunday bak örnatildi. Sovun tsexidagi ştamplaş uskunasini 2 kanalda avtomatik ravişda işlaşi taşkil qilindi. Yoğni oqlaş tsexida emulsion ustanovka işga tuşirilişi natijasida oqlangan yoğ işlab çiqariş 0,5 foizga oşgan. Zavod tsexlarida xom aşyo materiallari işlab çiqariş, tovarlarni yuklaş-tuşiriş işlari mexanizatsiyalaştirildi. Moyjuvoz tsexiga qimmatbaho nasos örnatilib yiğiluvçi bakni yoğdan tozalaş mexanizatsiyalaştirildi. Natijada işçilarning iş şaroitlari ança yaxşilandi.