SOVUQDA SUVGA TUŞIŞ — JASORATMI YoKI SALOMATLIKKA XAVF? 40 YoŞDAN OŞGAN INSONNING SÖZLARI MUTAXASSISLARDA ŞUBHA UYĞOTDI
23-12-2025, 12:48
835 марта
SOVUQDA SUVGA TUŞIŞ — JASORATMI YoKI SALOMATLIKKA XAVF? 40 YoŞDAN OŞGAN INSONNING SÖZLARI MUTAXASSISLARDA ŞUBHA UYĞOTDIXorazm viloyatida sönggi kunlarda kuzatilayotgan qattiq sovuqlarga qaramay, 40 yoşdan oşgan bir fuqaro oçiq havzada muzdek suvga tuşgani ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab böldi. Uning aytişiça, sovuq suv insonni “tetiklaştiradi, jismonan va ruhan quvvat beradi”. Ammo bu holat haqiqatan ham soğliq uçun foydalimi?
Sovuq suv nima beradi?
Mutaxassislarning takidlaşiça, qisqa muddatli sovuq suv tasiri organizmni stress holatiga olib kiradi. Bu esa:
- qon aylanişini tezlaştiradi,
- immun tizimni qisman faollaştiradi,
- odamda vaqtinçalik sergaklik hissini uyğotadi.
Şu sababli ayrim insonlar sovuq suvdan keyin özini “yaxşi his qilgani”ni aytadi. Ammo bu holat barça uçun xavfsiz degani emas.
XAVFLI TOMONLARI KÖPROQ
Tibbiyot xodimlari ogohlantirişiça, ayniqsa 40 yoşdan oşgan insonlar uçun sovuq suvga tuşiş jiddiy asoratlarga olib kelişi mumkin:
yurak-qon tomir tizimiga keskin zöriqiş,
- qon bosimining keskin kötarilişi,
- muşaklar tortişi (spazm),
- huşdan ketiş yoki infarkt xavfi.
Mutaxassislar NIMA DEYDI?
Şifokorlar sovuq suvda çömilişni:
- şifokor maslahatisiz,
- tayyorgarliksiz,
- özboşimçalik bilan amalga oşirişni
qatiyan tavsiya etmaydi.
Sovuq suv bazilar uçun tetiklik bağişlayotgandek tuyulişi mumkin. Ammo qattiq sovuqda oçiq suv havzalariga tuşiş — soğlom turmuş tarzi emas, balki katta tavakkalçilikdir. Bir insonga foyda bergandek köringan holat, boşqasi uçun qaytarib bölmas oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Salomatlik — jasorat emas, aql bilan saqlanadi.
