Urganç şahrida “aqlli şahar” va suniy intellektga bağişlangan respublika seminari ötkazildi
26-12-2025, 16:21
238 марта
Urganç şahrida “aqlli şahar” va suniy intellektga bağişlangan respublika seminari ötkazildiUrganç şahrida “Suniy intellektda boşqariluvçi hokimlik” hamda “Urganç şahrida aqlli va raqamli jamoat xavfsizligini taminlaş tizimi” mavzulariga bağişlangan respublika öquv-seminari bölib ötdi.
Mazkur tadbir Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 1–2 may kunlari Xorazm viloyatiga amalga oşirgan taşriflari davomida berilgan topşiriqlar ijrosini taminlaş, şuningdek, şahar boşqaruvida zamonaviy raqamli texnologiyalar va suniy intellekt imkoniyatlarini keng joriy etiş maqsadida taşkil etildi.
Bugungi kunda muhtaram Prezident taşabbuslari asosida Urganç şahrida 18 ta yangi va 362 ta taşqi axborot modullarini qamrab olgan “Urganç — aqlli şahar” axborot tizimi faoliyat körsatmoqda. Uşbu tizim orqali şahardagi transport harakati, jamoat xavfsizligi, muhandislik kommunikatsiyalari va boşqa muhim yönalişlar doimiy monitoring qilinayotir. Natijada boşqaruv qarorlarini tezkor va aniq qabul qiliş imkoniyati yaratilmoqda.
Öquv-seminar davomida suniy intellekt asosida jamoat xavfsizligini taminlaş, huquqbuzarliklarni oldini oliş, favqulodda holatlarga tezkor javob beriş hamda davlat idoralari örtasida raqamli hamkorlikni kuçaytiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Tadbirda davlat boşqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvçi idoralar vakillari, raqamli texnologiyalar hamda suniy intellekt sohasidagi mutaxassislar iştirok etib, amalga oşirilayotgan loyihalar, ilğor tajribalar va kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almaşdilar.
Takidlanganidek, bunday öquv-seminarlar hududlarda “aqlli şahar” kontseptsiyasini izçil joriy etiş, raqamli boşqaruv tizimini takomillaştiriş va aholi xavfsizligini taminlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Urganç şahrida amalga oşirilayotgan mazkur taşabbuslar esa kelgusida boşqa hududlar uçun namuna bölişi kutilmoqda.

