USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xorazm tibbiyotida tarixiy qadam: viloyatda ilk bor jigar transplantatsiyasi amalga oşirildi

487 марта
Xorazm tibbiyotida tarixiy qadam: viloyatda ilk bor jigar transplantatsiyasi amalga oşirildi

Xorazm viloyati tibbiyoti tarixida unutilmas voqea röy berdi. Viloyatda ilk bor jigar transplantatsiyasi amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi. Bu nafaqat bir inson hayotini saqlab qoliş, balki butun hududda yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarni yangi bosqiçga olib çiqiş yölidagi muhim qadam sifatida etirof etilmoqda.


Qöşköpir tumanida yaşovçi 54 yoşli Rano Matyoqubova bir neça yillar davomida jigar tsirrozi bilan kuraşib kelgan. Kasallik terminal bosqiçga ötib, yagona davo çorasi sifatida jigar transplantatsiyasi tavsiya etilgan edi. Avvaliga bemorni Hindistonga olib boriş rejalaştirilgan, biroq xorijdagi amaliyot xarajatlari oila imkoniyatidan ança yuqori bölgan.

Şu vaqtda oila azolari Xorazm viloyati köp tarmoqli tibbiyot markaziga murojaat qildi. Markaz rahbariyati tomonidan yaqin vaqt içida jigar transplantatsiyasini yölga qöyiş rejalaştirilgani va amaliyotni viloyatning özida ötkaziş imkoni borligi malum qilindi. Bu sözlar oila uçun katta umid böldi.

Malum bölişiça, markazda ançadan beri jigar transplantatsiyasi uçun tayyorgarlik işlari olib borilgan. Mutaxassislar malakasini oşirgan, zamonaviy tibbiy uskunalar jamlangan, Respublika milliy tibbiyot markazi bilan yaqin hamkorlik örnatilgan edi.

Keng qamrovli tibbiy tekşiruvlar natijasida bemorning 1991 yilda tuğilgan öğli Jalolbek Xöjayev donor sifatida barça tibbiy körsatkiçlarga mos kelişi aniqlandi. Respublika milliy tibbiyot markazi direktori örinbosari Jasur Sobirov rahbarligida, Xorazm viloyati köp tarmoqli tibbiyot markazining tajribali jarrohlari iştirokida 8 soat davom etgan öta murakkab jigar transplantatsiyasi amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi.

Ayni paytda donorning ham, bemorning ham ahvoli qoniqarli, ular şifokorlar doimiy nazorati ostida. Quvonarlisi, uşbu ilk transplantatsiya amaliyotining barça xarajatlari davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplab berildi.

Malumot örnida, hozirda Xorazm viloyatida 500 dan ziyod fuqaro jigar tsirrozi taşxisi bilan röyxatga olingan bölib, ularning 100 nafardan ziyodi kasallikning dekompensatsiya bosqiçida. Jigar transplantatsiyasining viloyatning özida muntazam yölga qöyilişi uşbu bemorlar uçun hayotga qaytiş imkoniyati, katta umid va işonç manbai böladi.

Bu voqea Xorazm tibbiyotida yangi sahifa oçib, inson salomatligi yölidagi islohotlar amalda öz samarasini berayotganini yaqqol namoyon etdi.

Изоҳ қолдириш

    • Жамшид 27 Dekabr 2025 14:43
      Бу бутун Хоразмликларнинг ютуги. Худо шифосини барсин. Докторларни хам куллари дард курмасин!

Мавзуга алоқадор: