2026 yildan boşlab Haj vizasi faqat tibbiy guvohnoma asosida beriladi
17-10-2025, 10:17
274 марта

2026 yildan boşlab Haj vizasi faqat tibbiy guvohnoma asosida beriladi
Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi “Haj – 2026” mavsumida ziyoratçida “Nusuk” platformasidan olingan tibbiy soğlomlik töğrisida guvohnoma bölgan taqdirda unga haj vizasi berilişi haqida bayonot elon qildi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi Haj va Umra markazi xabar berdi.Tibbiy köriklardan ötmasdan va tegişli guvohnoma olmasdan haj vizasini rasmiylaştiriş imkoni yöq.
Bayonotda quyidagi kasalliklarga çalingan ziyoratçilar haj safariga yuborilmasligi malum qilindi:
- Dializ talab qiladigan buyrak yetişmovçiligi;
- Minimal jismoniy yuklamada ham namoyon böluvçi yurak yetişmovçiligi;
- Davriy yoki doimiy ravişda kisloroddan foydalanişni talab qiluvçi öpkaning surunkali kasalliklari;
- Jigar yetişmovçiligi belgilari bilan keçuvçi jigar tsirrozining oğir bosqiçi;
- Oğir ruhiy va nevrologik buzilişlar;
- Qarilik dementsiyasi kasalliklari;
- Homiladorlikning oxirgi uç oyi, şuningdek, yuqori xavfga ega bölgan har qanday homiladorlik;
- Faol yuqumli kasalliklar (şu jumladan, silning oçiq şakli, gemorragik isitmalar va hokazo);
- Kimyoterapiya yoki boşqa immunitetni susaytiruvçi muolajalardan ötayotgan faol onkologik kasalliklar;