Umra mavsumi qaçondan boşlanişi elon qilindi
15-07-2025, 12:48
376 марта
Umra mavsumi qaçondan boşlanişi elon qilindiÖzbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi Haj-umra markazi yangi umra mavsumi 2025 yil avgust oyidan boşlanişini elon qildi.
Sönggi yillarda umra safarlarini yuqori saviyada taşkil etiş, ziyoratçilarga sifatli va qulay xizmatlar körsatiş hamda ibodatlarni şariat talablariga muvofiq ado etiş işlari Haj-umra markazi tomonidan amalga oşirib kelinmoqda. 30 yildan ortiq amaliy tajriba asosida ziyoratçilar uçun 10 kunlik maxsus umra dasturi taklif etilmoqda.
Dastur doirasida quyidagi qulayliklar nazarda tutilgan:
Uzbekistan Airwaysning Toşkent–Jidda–Toşkent yönalişida töğridan töğri parvozlar;
3 keça Madina, 7 keça Makkada böliş;
Jidda–Madina, Madina–Makka va Makka–Jidda yönalişlarida zamonaviy avtobuslar xizmati;
Makka va Madina şaharlarida barça şaroitlarga ega mehmonxonalar;
3 mahal ovqatlaniş;
Madina şahrida Nabaviy masjidi, Ravza, Qubo, Qiblatayn masjidlari va Uhud maydoniga ziyorat;
Makka şahrida Arafot, Mino, Muzdalifa vodiylari hamda Nur va Savr toğlariga ziyorat;
Jidda şahridagi Qizil dengizga sayohat.
Qayd etilişiça, umra safari davomida ziyoratçilarga tajribali işçi guruhi, taniqli imom-xatiblardan iborat guruh rahbarlari, malakali şifokorlar hamrohlik qilib, ibodat va safarning oson va xotirjam ötişini taminlaydi.