Bayram kunlari Xorazmda elektr taminoti barqaror
30-12-2025, 00:04
238 марта
Bayram kunlari Xorazmda elektr taminoti barqaror2026 yil kirib kelişi munosabati bilan Xorazm viloyati aholisini bayram kunlari uzluksiz elektr energiyasi bilan taminlaş maqsadida barça zaruriy çoralar körilgan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan 24 soatlik navbatçilik taşkil etilib, tezkor çiquvçi brigadalar, maxsus avtotransport vositalari hamda zaxira materiallari töliq şay holatga keltirilgan.
Filial direktori S. Beregin topşiriğiga asosan işçi guruh tomonidan Xonqa va Boğot tumanlarida elektr taminoti obektlarining xizmatga tayyorligi, xodimlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar közdan keçirilmoqda. Bayram kunlari davomida elektr taminotida barqarorlikni taminlaş ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

