Xorazm viloyatida töqimaçilik mahsulotlari eksporti qariyb 41 foizga köpaydimi?
1-01-2026, 14:43
147 марта
Xorazm viloyatida töqimaçilik mahsulotlari eksporti qariyb 41 foizga köpaydimi?2025 yilning yanvar–noyabr oylarida Xorazm viloyatida işlab çiqarilgan töqimaçilik mahsulotlari xorijiy davlatlarga faol eksport qilindi. Joriy davrda viloyatdan jami 53,1 mln AQŞ dollarilik töqimaçilik mahsulotlari eksport qilingan.
Mazkur körsatkiç viloyatning umumiy eksport hajmining 13,7 foizini taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 40,6 foizga oşgan.
Eksport tarkibiga nazar taşlansa, asosiy uluş paxta matolari hissasiga töğri kelib, ularning uluşi 30,6 foizni taşkil etgan. Şuningdek, tayyor kiyim-keçak mahsulotlari 24,0 foiz bilan muhim örinni egallagan.
Mutaxassislar fikriça, Xorazm viloyatida töqimaçilik klasterlarining rivojlanişi, qayta işlaş quvvatlarining kengayişi hamda taşqi bozorlarga çiqiş imkoniyatlarining oşişi eksport hajmlarining barqaror ösişiga xizmat qilmoqda.