Xorazmda polizçilik hajmi 127 ming tonnaga yetdi
2-11-2025, 16:53
92 марта
Xorazmda polizçilik hajmi 127 ming tonnaga yetdiMilliy statistika qömitasi malumotlariga köra, joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida Özbekiston böylab jami 2,1 million tonna poliz mahsulotlari yetiştirilgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 15,4 foizga köpdir.
Hududlar kesimida qaralganda, Jizzax viloyati poliz mahsulotlari yetiştirişda yetakçilik qilgan — bu yerda 280 ming tonnadan ortiq hosil olingan.
Şu bilan birga, Xorazm viloyatida ham polizçilik sohasi barqaror ösişni davom ettirmoqda. Yilning dastlabki töqqiz oyida viloyat hududidagi barça toifadagi xöjaliklar tomonidan 127 537 tonna poliz mahsulotlari — tarvuz, qovun va boşqa turdagi ekinlar yetiştirildi.
Mutaxassislar fikriça, hosildorlikning ösişiga suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş, fermerlar uçun yaratilgan imtiyozli kreditlar hamda eksport imkoniyatlarining kengayişi asosiy omil bölmoqda.
Aytiş joizki, polizçilik Xorazm qişloq xöjaligining ananaviy va muhim yönalişlaridan biri bölib, hudud mahsulotlari nafaqat içki bozorda, balki xorijda ham katta talabga ega.