Urgançda YTHlar davom etmoqda: Islom Karimov köçasida Kia Sonet Captiva’ga borib urildi
4-01-2026, 21:38
654 марта
Urgançda YTHlar davom etmoqda: Islom Karimov köçasida Kia Sonet Captiva’ga borib urildiUrganç şahrida yöl-transport hodisalari ketma-ket qayd etilmoqda. Bu safar navbatdagi YTH Islom Karimov köçasida sodir böldi.
Malumotlarga köra, Kia Sonet avtomaşinasi oldinda harakatlanayotgan Çevrolet Captiva’ning orqa qismiga borib urilgan. Hodisa yölning serqatnov qismida röy bergani sababli, qisqa vaqt içida tirbandlik yuzaga kelgan.
Dastlabki malumotlarga köra, hodisa oqibatida oğir tan jarohatlari qayd etilmagan. Biroq avtomaşinalarga moddiy zarar yetgan. YTH sabablari aniqlanmoqda, holat yuzasidan tegişli xizmatlar tomonidan tekşiruv olib borilmoqda.
Mutasaddilar haydovçilarni yöl harakati qoidalariga qatiy rioya qilişga, tezlikni meyordan oşirmaslikka va oraliq masofani saqlaşga çaqirmoqda. Ayniqsa, şahar köçalarida harakatlanişda ehtiyotkorlikni kuçaytiriş zarurligi takidlanmoqda.