Xorazmda kiyim işlab çiqariş hajmi: 2025 yil yakunida viloyat qay darajada?
5-01-2026, 22:31
218 марта
Xorazmda kiyim işlab çiqariş hajmi: 2025 yil yakunida viloyat qay darajada?2025 yilning yanvar–noyabr oylari yakunlariga köra, Özbekistonda kiyim-keçak işlab çiqariş sohasida yetakçi hudud malum qilindi. Milliy statistika qömitasi taqdim etgan malumotlarga asosan, mamlakatda yirik korxonalar tomonidan jami 37,9 trln sömlik kiyim-keçak mahsulotlari işlab çiqarilgan. Bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 24,3 foizga ösgan.
Hududlar kesimida esa Andijon viloyati 17,2 trln sömlik mahsulot bilan mutlaq yetakçi sifatida qayd etilgan. Undan keyin Namangan (3,7 trln söm), Toşkent viloyati (3,6 trln söm) va Toşkent şahri (2,6 trln söm) joy olgan.
Xorazm viloyati esa 2025 yilning 11 oyida 387,8 mlrd sömlik kiyim-keçak mahsulotlari işlab çiqargan. Bu körsatkiç respublika miqyosida quyi örinlarda bölsa-da, viloyatda yengil sanoat sohasida muayyan salohiyat mavjudligini körsatadi.
Mutaxassislar fikriça, Xorazmda kiyim işlab çiqariş hajmini oşiriş uçun:
- yangi tikuv-trikotaj korxonalarini taşkil etiş,
- mahalliy xomaşyodan samarali foydalaniş,
- kiçik va örta biznesni qöllab-quvvatlaş,
- eksportga yönaltirilgan mahsulotlar uluşini köpaytiriş muhim hisoblanadi.