Urgançda Jentra dökonga borib urilib, savdo şoxobçasi butkul vayron böldi
19-01-2026, 09:20
2 208 марта
Urgançda Jentra dökonga borib urilib, savdo şoxobçasi butkul vayron böldiUrganç şahrida yöl-transport hodisasi sodir bölib, oqibatida yöl yoqasida joylaşgan dökon töliq vayron böldi.
Malumotlarga köra, hodisa Urganç şahrining Gurlan köçasida joylaşgan yöl ustidagi dökonlardan biri oldida sodir bölgan. Jentra rusumli yengil avtomobil nomalum sabablarga köra boşqaruvni yöqotib, dökonga borib urilgan.
Guvohlarning aytişiça, voqea taxminan soat 05:00 lar atrofida sodir bölgan. Zarba kuçi oqibatida dökon binosi deyarli butkul vayron bölgan, savdo jihozlari va inşootga katta miqdorda moddiy zarar yetgan.
Dastlabki malumotlarga köra, hodisa vaqtida dökon içida odamlar bölmagan. Şu bois jabrlanganlar haqida malumot yöq. Biroq, avtomobil ham jiddiy texnik şikast olgan.
Ayni paytda mazkur yöl-transport hodisasining aniq sabablari aniqlanmoqda. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan tekşiruv işlari olib borilmoqda. Hodisaga haydovçining tezlikni oşirib yuborişi, ehtiyotsizlik yoki boşqa omillar sabab bölgani ehtimol qilinmoqda.
Mutasaddi idoralar fuqarolarni yöl harakati qoidalariga qatiy rioya qilişga, ayniqsa tungi soatlarda tezlikni oşirmaslik va ehtiyotkor bölişga çaqirmoqda.
