Urganç tumanida içimlik suvi 7 kundan buyon behuda oqmoqda — masul idoralardan haligaça çora yöq
25-01-2026, 16:56
380 марта
Urganç tumanida içimlik suvi 7 kundan buyon behuda oqmoqda — masul idoralardan haligaça çora yöqUrganç tumani Yangi Şovot köçasida joylaşgan hududda 7 kundan beri içimlik suvi töxtovsiz oqib, behuda sarf bölmoqda. Xususan, Buyum bozori röparasidagi tugallanmagan binolar ostiga suv kirib bormoqda, bu esa ham iqtisodiy, ham ekologik jihatdan jiddiy muammo hisoblanadi.
Mahalliy aholi sözlariga köra, mazkur holat haqida tegişli xizmatlarga bir neça bor murojaat qilinganiga qaramasdan, hozirga qadar muammoni bartaraf etiş böyiça aniq çoralar körilmagan.
— Davlat suvi deb qaralmasa, heç kimga qiziq emasdek. Har kuni minglab litr toza içimlik suvi yerga singib ketyapti, ammo masullar tomonidan harakat yöq, — deydi hudud aholisidan biri.
Mutaxassislar takidlaşiça, içimlik suvining bunday tarzda yöqotilişi nafaqat resurslar isrofi, balki yer osti inşootlari va binolar poydevoriga ham salbiy tasir körsatişi mumkin.
Tahririyat mazkur holat yuzasidan Urganç şahar suv taminoti korxonasi hamda mutasaddi taşkilotlardan rasmiy izoh kutib qoladi.



