USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

UrDU talabalari “BIMO–2026” xalqaro olimpiadasida 7 ta medalni qölga kiritdi

281 марта
UrDU talabalari “BIMO–2026” xalqaro olimpiadasida 7 ta medalni qölga kiritdi

2026 yil 25–28 yanvar kunlari Buxoro davlat universiteti bazasida talabalar örtasida “Bukhara International Mathematics Olympiad – 2026 (BIMO–2026)” xalqaro matematika olimpiadasi bölib ötdi. Mazkur nufuzli intellektual musobaqada Urganç davlat universitetining Fizika-matematika fakulteti talabalari yuqori natijalarni qölga kiritib, viloyatimiz şarafini munosib himoya qildi.

Olimpiadada universitetning Matematik tahlil kafedrasi öqituvçilari J.Abdullayev va I.Ismoilov rahbarligida 8 nafar talabadan iborat 2 ta jamoa iştirok etdi. Yakuniy natijalarga köra, yakka bahslarda jami 7 ta medal — 3 ta oltin, 2 ta kumuş va 2 ta bronza medali qölga kiritildi. Şuningdek, jamoaviy bahslarda har ikki jamoa ham kumuş medal bilan taqdirlandi.

Oltin medal sohiblari:
  • Anvarbek Maşaripov — Fizika-matematika fakulteti 4-kurs, Matematika talim yönalişi talabasi;
  • Şerzodbek Saidov — Fizika-matematika fakulteti 3-kurs, Amaliy matematika talim yönalişi talabasi;
  • Muslima Davronbekova — Fizika-matematika fakulteti 3-kurs, Matematika talim yönalişi talabasi.

Kumuş medal sohiblari:

  • Hojiakbar Sobirov — Fizika-matematika fakulteti 3-kurs, Matematika talim yönalişi talabasi;
  • Muştariy Rahimova — Fizika-matematika fakulteti 2-kurs, Matematika talim yönalişi talabasi.

Bronza medal sohiblari:

  • Nodira Nurmatbayeva — Fizika-matematika fakulteti 2-kurs, Matematika talim yönalişi talabasi;
  • Mötabarxon Hayitboyeva — Fizika-matematika fakulteti 1-kurs, Amaliy matematika talim yönalişi talabasi.

Şuningdek, Mohinur Qosimova jamoa şarafini munosib himoya qilib, “Eng faol iştirokçi talaba” nominatsiyasiga sazovor böldi.

Uşbu yutuqlar Urganç davlat universitetida matematika sohasida olib borilayotgan sifatli talim, zamonaviy yondaşuvlar hamda professor-öqituvçilarning samarali mehnati samarasi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Barça ğolib va sovrindor talabalarni, ularning ustozlarini hamda universitet jamoasini uşbu muvaffaqiyat bilan çin qalbdan tabriklaymiz.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: