Xorazm viloyati öquvçisi 2026 yildagi ilk xalqaro olimpiadada bronza medalni qölga kiritdi
18-01-2026, 11:24
321 марта
Xorazm viloyati öquvçisi 2026 yildagi ilk xalqaro olimpiadada bronza medalni qölga kiritdi2026 yilning 10–15 yanvar kunlari Qozoğiston Respublikasining Olmaota şahrida matematika, fizika va informatika fanlari böyiça 22-Xalqaro Jautikov olimpiadasi (IZhO–2026) bölib ötdi.
Dunyoning 15 ta davlatidan 700 nafardan ortiq iqtidorli öquvçilar iştirok etgan uşbu nufuzli xalqaro musobaqada Özbekiston terma jamoasi azosi, Xorazm viloyati Urganç şahar 3-son umumiy örta talim maktabining 10-sinf öquvçisi Sulaymon Matnazarov matematika fanidan muvaffaqiyatli iştirok etib, bronza medal sohibi böldi.
Qayd etilişiça, uşbu natija 2026 yilda ham yurtimiz öquvçilarining xalqaro olimpiadalarda munosib iştirok etişi va yuqori natijalarga erişişiga yana bir yorqin misol böldi.
Ğolib öquvçini hamda uni tayyorlagan ustozlarni uşbu yuksak yutuq bilan samimiy tabriklaymiz.
Nemis tili öqituvçilari uçun amaliy seminar-trening ötkazildi
2026 yil 16 yanvar kuni Xorazm viloyati Maktabgaça va maktab talimi boşqarmasi hamkorligida Urganç şahridagi 19-son umumiy örta talim maktabida nemis tili öqituvçilari hamda viloyat mentorlari uçun “Grammatik darslarda deduktiv va induktiv metodlardan foydalaniş” mavzusida amaliy seminar-trening taşkil etildi.
Mazkur öquv-seminar nemislik amaliyotçi mutaxassis Bruno Yunke hamda 19-sonli maktabning nemis tili fanidan mentor öqituvçisi Roza Sobirova tomonidan olib borildi.
Şuningdek, seminar işida Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazining nemis va frantsuz tillari böyiça metodisti S. Ibadullayeva ham iştirok etdi.
Tadbir davomida öqituvçilar grammatika darslarini induktiv va deduktiv yondaşuvlar asosida samarali taşkil etiş, zamonaviy pedagogik usullardan foydalaniş böyiça amaliy tavsiyalar oldilar, yangi metodlarni özlaştirdilar hamda özaro tajriba almaşdilar.
