Xorazmlik öquvçilar ingliz tilidan yuqori natijalarni qölga kiritmoqda
18-01-2026, 11:28
300 марта
Xorazmlik öquvçilar ingliz tilidan yuqori natijalarni qölga kiritmoqdaSönggi yillarda Xorazm viloyatida çet tillarini, xususan ingliz tilini örganişga bölgan qiziqiş va erişilayotgan natijalar izçil ravişda oşib bormoqda. Ayniqsa, kiçik sinf öquvçilarining yoşlariga nisbatan yuqori darajadagi natijalarni qölga kiritayotgani talim sohasidagi islohotlar samarasini yaqqol namoyon etmoqda.
Jumladan, Urganç şahridagi 5-son umumtalim maktabining 3-sinf öquvçisi Zilola Şeripova ingliz tili böyiça CEFR xalqaro baholaş tizimida B1 darajani qölga kiritib, öz yoşi uçun juda yuqori natija qayd etdi. Bu esa uning til örganişga bölgan intilişi hamda ustozlarining samarali mehnati natijasi ekanini körsatadi.
Şuningdek, Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 3-son umumtalim maktabining 4-sinf öquvçisi Yöldoşev Abbos ingliz tilidan B2 darajadagi sertifikatni qölga kiritib, nafaqat tengdoşlari, balki yuqori sinf öquvçilari uçun ham ibrat namunasi böldi.
Yuqori sinf öquvçilari orasida ham munosib natijalar qayd etilmoqda. Xususan:
- Urganç şahri 10-son umumtalim maktabining 6-sinf öquvçisi Humoyunmirzo Bekçanov — B2 (Upper-Intermediate);
- Urganç şahri 22-son umumtalim maktabining 6-sinf öquvçisi Mahliyo Sultonova — B2;
- Urganç şahri 5-son umumtalim maktabining 6-sinf öquvçisi Samira Karimova — B2 darajadagi sertifikat sohibasi böldi.
Mutaxassislar takidlaşiça, bunday natijalar öquvçilarning yoşligidan çet tiliga qiziqib, muntazam maşğulotlar olib borişi, zamonaviy talim usullari joriy etilayotgani hamda pedagoglarning fidokorona mehnati bilan uzviy boğliq.
Qayd etilişiça, CEFR tizimi böyiça yuqori darajadagi sertifikatlar öquvçilar uçun kelgusida xalqaro talim dasturlarida iştirok etiş, xorijiy olimpiada va tanlovlarda öz imkoniyatlarini sinab körişga keng yöl oçib beradi.
Barça yoş iqtidor egalarini uşbu quvonarli yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusida yanada ulkan marralarni zabt etişlarini tilaymiz.



