Xorazmda noqonuniy ov qiliş holati aniqlandi
2-02-2026, 21:44
297 марта
Xorazmda noqonuniy ov qiliş holati aniqlandiXorazm viloyati prokuraturasi hamda Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi tomonidan ötkazilgan nazorat reyd tadbirlari davomida Hazorasp tumaniga qaraşli Muhomon qişloği hududida fuqaro tomonidan noqonuniy ov qilib yurganligi aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan fuqaro M.Y.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 90-moddasi 4-qismiga asosan mamuriy bayonnoma rasmiylaştirildi. Şuningdek, fuqaroning ov quroli vaqtinça saqlaş uçun tuman Içki işlar bölimiga topşirildi.
Ayni paytda mazkur holat böyiça töplangan iş materiallari belgilangan tartibda sud organlariga taqdim etiş uçun tayyorlanmoqda.
Qayd etilişiça, tabiatni muhofaza qiliş, hayvonot dunyosini asraş va noqonuniy ovçilikka çek qöyişga qaratilgan bunday reyd tadbirlari viloyat hududida izçil ravişda davom ettiriladi.