Xorazmda ayrim mahallalarda tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi
16-02-2026, 13:18
686 марта
Xorazmda ayrim mahallalarda tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladiUrganç tumanining Ravot, Zargarlar va Beruniy mahallalarini tabiiy gaz bilan taminlovçi yer usti gaz quvurida gaz sizib çiqiş holati aniqlandi. Mazkur nosozlikni bartaraf etiş işlari olib borilişi munosabati bilan uşbu hududlarda soat 14:00 dan 16:00 gaça tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatiladi.
Şuningdek, Qöşköpir tumanining Yovğir mahallasini tabiiy gaz bilan taminlovçi yuqori bosimli gaz quvurida ham gaz sizib çiqiş holati kuzatildi. Tamirlaş işlari olib borilişi sababli mazkur mahallada ham soat 14:00 dan 16:00 gaça tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi.
Malum qilinişiça, barça taʼmirlaş işlari töliq yakunlangaç, tabiiy gaz taminoti bosqiçma-bosqiç qayta tiklanadi. Aholidan vaqtinça noqulayliklar uçun uzr söraladi hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qiliş söraladi.