Xorazm viloyatining ayrim hududlarida tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi
17-01-2026, 13:16
677 марта
Xorazm viloyatining ayrim hududlarida tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladiXorazm viloyatida tabiiy gaz tarmoqlarida aniqlangan texnik nosozliklarni bartaraf etiş maqsadida ayrim hududlarda gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi.
Jumladan, Hazorasp tumanining Yangiobod, Karvak, Şovot va Ğ.Ğulom mahallalarini tabiiy gaz bilan taminlovçi yer usti gaz quvurida gaz sizib çiqiş holati aniqlangan. Mazkur nosozlikni bartaraf etiş işlari olib borilişi munosabati bilan soat 13:00 dan 15:00 gaça uşbu mahallalarga tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatiladi.
Şuningdek, Gurlan tumanining Fidokor, Boğiston va Boğişamol mahallalarini tabiiy gaz bilan taminlovçi yuqori bosimli gaz quvurida gaz sizib çiqiş holati aniqlangan. Avariya-tamirlaş işlari olib borilişi sababli mazkur hududlarda soat 14:00 dan 16:00 gaça tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi.
Avariya holatlari töliq bartaraf etilgandan söng tabiiy gaz taminoti belgilangan tartibda qayta tiklanadi.
Mutasaddi taşkilotlar tomonidan aholidan uşbu holatga tuşuniş bilan yondaşiş söraladi hamda xavfsizlik qoidalariga qatiy rioya etiş tavsiya etiladi.