Xorazmda ruxsatsiz qum qazib oliş holati aniqlandi
16-02-2026, 15:37
101 марта
Xorazmda ruxsatsiz qum qazib oliş holati aniqlandiXorazm viloyatida tabiatga ziyon yetkazuvçi navbatdagi qoidabuzarlik holati foş etildi. Xorazm viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi Şovot tumani bölimi tomonidan ötkazilgan nazorat tadbirlari davomida Eşon qala mahallasi hududida qonunbuzarlik holati aniqlangan.
Malum bölişiça, mazkur mahallada yaşovçi fuqaro tomonidan hududdan oqib ötuvçi kollektor qiroğidan tegişli taşkilotlar ruxsatini olmasdan qum qazib olingan. Bu esa ekologik muvozanatga salbiy tasir körsatib, atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazişi mumkin.
Holat yuzasidan fuqaro **U.J.**ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 70-moddasi 1-qismiga asosan mamuriy çora qöllanildi. Xususan, unga 4 million 120 ming söm miqdorida mamuriy jarima solindi.
Şuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar hisoblanib, uning miqdori 8 million 616 ming sömni taşkil etdi.
Mutasaddi idoralar tomonidan aholi örtasida tabiiy boyliklardan oqilona foydalaniş, ruxsatsiz qum qazib oliş qonunbuzarlik ekani va bunday harakatlar uçun javobgarlik muqarrar ekani yana bir bor takidlandi.