USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Urganç–Toşkent yönalişida «Centrum Air» bilan muammolar yana köpaymoqdami?

852 марта
Urganç–Toşkent yönalişida «Centrum Air» bilan muammolar yana köpaymoqdami?

Urganç–Toşkent yönalişida parvozlarni amalga oşirayotgan Centrum Air aviakompaniyasi faoliyati yuzasidan sönggi paytlarda yana etiroz va savollar köpaymoqda. Bir neça kun oldin ham aynan şu aviakompaniya tomonidan amalga oşirilgan parvozlar bilan boğliq noqulay holatlar kuzatilgan edi. Bugun esa navbatdagi keçikiş yölovçilar noroziligiga sabab böldi.

Malumotlarga köra, bugun **Urganç xalqaro aeroporti**dan soat 08:30 da uçişi kerak bölgan Urganç–Toşkent reysi ikki soatdan ortiq vaqt davomida amalga oşirilmagan. Yölovçilarning sözlariga qaraganda, aviakompaniya vakillari uşbu holatni Toşkent şahrida kuzatilayotgan noqulay ob-havo bilan izohlagan.

Biroq parvoz nega aynan şu qadar keçikayotgani, qaçon uçişi haqida aniq va rasmiy malumot berilmagani yölovçilar orasida jiddiy norozilikka sabab bölmoqda. Samolyot salonida yoş bolali oilalar, keksalar hamda soğliği bilan boğliq muammolari bor fuqarolar borligi inobatga olinsa, bunday noaniqlik va kuttirişlar yanada taşvişli körinadi.

Yölovçilardan biri holatga şunday izoh berdi:
«Ob-havo sabab, deyişyapti, ammo qaçon uçişimiz aniq aytilmayapti. Bolalar bor, keksalar bor. Ikki soatdan oşdi, hali ham kutib ötiribmiz».

Qonun va yölovçi huquqlari

Amaldagi aviatsiya qoidalariga muvofiq, aviakompaniyalar reys keçikişi yoki bekor qilinişi holatida yölovçilarga öz vaqtida, oçiq va aniq axborot berişga majbur. Şuningdek:

  • keçikiş sabablari tuşuntirilişi;
  • kutiş davomida yölovçilarga minimal şaroitlar yaratilişi;
  • uzoq keçikişlarda esa yölovçi huquqlari taminlanişi
    lozim.

Ammo amaliyotda bu talablar har doim ham töliq bajarilayotgani sezilmaydi.

Xulosa örnida

Urganç–Toşkent kabi talab yuqori bölgan yönalişda bunday holatlarning takrorlanişi aviakompaniya obrösiga ham, yölovçilar işonçiga ham salbiy tasir körsatadi. Har qanday holatda ham, inson omili birinçi örinda turişi kerak. Samolyotda bolalar, keksalar va oddiy fuqarolar bor ekan, ularni soatlab noaniqlik içida qoldiriş töğri emas.


Vaziyatga aviakompaniya tomonidan rasmiy va oçiq munosabat bildirilişi, şuningdek, bunday holatlarning oldini oliş böyiça aniq çoralar körilişi jamiyat tomonidan kutilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: