Xorazmda mast holda maşina boşqargan IIB xodimi odam urib yuborib, hodisa joyidan ketib qoldi

Xorazmda mast holda maşina boşqarib, bir ayolning ölimiga sababçi bölgan IIB xodimi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Tundagi YTH
Sud hukmida keltirilişiça, 1984 yilda tuğilgan U.A. Xorazm viloyati IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boşqarmasi katta inspektori vazifasida işlagan. U 2025 yil 27 sentyabr kuni soat 22:14 larda Tracker maşinasini mast holatda Şovot tumani hududida boşqarib borayotib, yöl çetida ketayotgan piyoda – 29 yoşli E.R.ni urib yuborgan.
U.A. odam urib yuborganini bilib, hodisa joyidan nariroqda töxtagan. Ammo jabrlanuvçiga yordam körsatmasdan, ketib qolgan. YTH oqibatida oğir tan jarohati olgan ayol şifoxonada vafot etgan.
“Kursdoşim bilan içgandim”
U.A. sudda aybiga qisman iqrorlik bildirgan. U hodisa joyidan ketib qolmaganini, öşa yerda töxtagan Gentra maşinasidagi yigitlarga ayolni şifoxonaga olib borişni tayinlab, özi uyidan pul oliş uçun ketganini aytgan.
“Kursdoşim bilan çoyxonada ötirib, spirtli içimlik istemol qildik. Urganç şahri tomonga harakatlanib borayotganimda yölning yoritiş çiroqlari tugagan joyida maşinaning öng yon tomonidan qarsillagan tovuş çiqdi. Yöl çetiga ötib töxtadim. Odam urib yuborganimni bildim. Ortimdan Gentra maşinasida kelayotgan yigitlar odam urib yuborganimni bilib, yugurib kelişdi. Ular bilan özim urib yuborgan odam yoniga bordim. Ayol ariq içida yotgan ekan. Turmuş örtoği yonida turgandi.
Ayolni ariqdan çiqarişda yordamlaşdim. Şu yerda özimning ham mazam bölmadi. Spirtli içimlik içgan bölsam ham huşyor holatda edim, bölgan barça voqeani anglab turgandim.
Gentra maşinasidagi yigitlarga IIB xodimi ekanimni, ayolni kasalxonaga olib borişlarini, özim esa ularning ortidan pul olib borişimni aytdim. Söngra pul olib keliş uçun Urganç şahriga, uyga ketdim. Ayolni oğir ahvolda taşlab ketmadim. Aksinça, uyimdan pul olib kelib, uning hayotini saqlab qolişga harakat qilmoqçi böldim”, degan U.A. öz körsatmasida.
Şuningdek, özining aytişi böyiça “uyidan pul olib keliş uçun şoşib ketayotgan” U.A. yölda ikkinçi bor YTH sodir etgan: svetoforning qizil çiroğida töxtagan Cobalt ortidan borib urilgan.
“Mehmonni kuzatgani çiqqandik”
Marhumaning turmuş örtoği YTH sodir bölgan vaqtda uyiga kelgan mehmonni kuzatiş uçun yölga çiqişganini malum qilgan. U ayolini urib ketgan haydovçi yordam bermaganini takidlagan.
“Yöldan ötib ketayotgan Gentra’dan ikki yigit tuşib, turmuş örtoğimni maşinaga mindirdi va kasalxonaga olib bordi. Sudlanuvçi bu vaqtda öşa yerda edi, nima bölganini kördi”, degan marhumaning eri.
Şuningdek, sudda guvoh sifatida söralgan Gentra haydovçisi ham ayolni şifoxonaga olib boriş uçun kötarişganida u yerda Tracker haydovçisini körmaganini, U.A. ularga “uşbu ayolga yordamlaşib yuboringlar”, deganini eşitmaganini aytgan.
Sud IIB xodimining “ayolni taşlab ketmagani, uydan pul olib keliş uçun şoşilinç ketgani” haqidagi körsatmalarini jazodan qutuliş uçun qilinayotgan harakat deb baholagan.
Jazo
JIB Şovot tuman sudining 2026 yil 23 fevraldagi hukmi bilan U.A. Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi va 117-moddasi (xavf ostida qoldiriş) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilişda aybli deb topildi. Unga 3 yil maşina boşqariş huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Jazoni manzil koloniyada ötaş belgilandi.