Turkiyada uşlandi, Moskvadan oldirildi: qidiruvdagi ikki şaxs Xorazmga qaytarildi
1-03-2026, 20:14
779 марта
Turkiyada uşlandi, Moskvadan oldirildi: qidiruvdagi ikki şaxs Özbekistonga qaytarildiTergov organlaridan yaşirinib yurgan va jinoyat işlari böyiça qidiruvga berilgan ikki nafar fuqaro xorij davlatlaridan Özbekistonga qaytarildi.
Malum qilinişiça, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan — giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravişda ötkaziş jinoyatini sodir etişda ayblanayotgan, 2002 yilda Urganç şahrida tuğilgan S.P. uzoq muddat tergov organlaridan yaşirinib yurgan.
Xorazm viloyati Içki işlar boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida u Turkiya Respublikasi hududida aniqlanib, uşlandi va belgilangan tartibda Özbekistonga deportatsiya qilindi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi hamda 130-moddasi 2-qismida körsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, tergov organlari tomonidan qidiruv elon qilingan 1997 yilda Jizzax viloyatida tuğilgan Ş.N. ham xorijda qölga olindi.Xorazm viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tuşuntiriş işlari natijasida u Rossiya Federatsiyasining Moskva şahridan Özbekistonga oldirildi.
Hozirda uşbu holatlar yuzasidan tegişli tergov harakatlari davom ettirilmoqda.