Xorazmda zamonaviy çang-gaz tozalaş uskunasi örnatilmoqda
4-03-2026, 16:12
329 марта
Xorazmda zamonaviy çang-gaz tozalaş uskunasi örnatilmoqdaXorazm viloyatining Şovot tumanida atrof-muhit muhofazasi va işlab çiqariş jarayonlarini ekologik talablarga muvofiqlaştiriş borasida muhim qadam taşlanmoqda. Tumanning Boğbon mahallasida faoliyat yuritayotgan “Ideal ğişt” ğişt zavodida keng kölamli modernizatsiya işlari boşlandi.
Malum qilinişiça, korxonaga Xitoy Xalq Respublikasidan zamonaviy çang-gaz tozalaş uskunasi olib kelingan bölib, ayni paytda uni örnatiş işlari jadal suratlarda amalga oşirilmoqda. Uşbu texnologik yangilaniş işlab çiqariş jarayonida havoga çiqarilayotgan zararli moddalar miqdorini sezilarli darajada kamaytirişga qaratilgan.
Mutaxassislarning takidlaşiça, yangi uskuna atmosferaga çiqariladigan çang va gaz qoldiqlarini samarali filtrlaş imkoniyatiga ega. Bu esa nafaqat korxona faoliyatining ekologik xavfsizligini oşiradi, balki aholi salomatligini muhofaza qilişda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Şuningdek, mazkur loyiha amaldagi ekologik meyor va talablarga rioya etiş darajasini yuksaltiriş, sanoat korxonalarida “yaşil texnologiyalar”ni keng joriy etişga xizmat qiladi.Takidlaş joizki, bu kabi modernizatsiya işlari hududda sanoatni rivojlantiriş bilan bir qatorda ekologik barqarorlikni taminlaşga ham zamin yaratadi.