Urgançga ilk elektrobuslar kirib keldi! Yaşil transport davri boşlandi
18-11-2025, 19:09
904 марта
Urgançga ilk elektrobuslar kirib keldi! Yaşil transport davri boşlandiBugun Urganç şahriga yangi, ekologik toza elektrobuslar kirib keldi. Bu — nafaqat şahar transport tizimidagi muhim yangilik, balki aholi uçun qulaylik, atrof-muhit uçun esa katta yengillik demakdir.
Zamonaviy elektrobuslar:
• Şovqinsiz va ekologik toza;
• Havo ifloslanişini keskin kamaytiradi;
• Yölovçilar uçun qulay, keng va xavfsiz;
• Zamonaviy konditsioner va kuzatuv kamerlariga ega.
Bugun Urgançga kirib kelgan elektrobuslar tez orada sinov rejimida şahar içida qatnay boşlaydi. Mutaxassislar tomonidan texnik körikdan ötkazilib, yönalişlar belgilab olinadi.
🔹 Transport sohasida energiya tejamkorlikka ötiş — Xorazmda ilk bor amalga oşirilmoqda.
🔹 Kelgusida yana qöşimça ekologik transport vositalari olib keliş rejalaştirilgan.
Uşbu yangilik Urganç aholisining kundalik hayotida katta özgariş bölişi, şahar transport sistemasida tirbandlik va şovqin kamayişi kutilmoqda.
“Elektrobuslar kelişi — şahrimiz rivojlanayotganidan darak. Endi nafas oladigan havomiz pokroq, yölimiz esa qulayroq böladi”, — deydi urgançliklar.
Urganç — toza energiya va zamonaviy şahar transporti sari dadil qadam taşlamoqda!