Xiva şahrida ayrim mahallalarda tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi
6-03-2026, 10:18
62 марта
Xiva şahrida ayrim mahallalarda tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladiXiva şahrining bir qator mahallalarida tabiiy gaz taminotida vaqtinçalik uziliş kuzatiladi.
Malum qilinişiça, Binokor, Gulşan-2, Yangi turmuş, Döstlik, Yangi Hayot, Içon Qala, Mevaston va Qibla Tozaboğ mahallalarini tabiiy gaz bilan taminlovçi yuqori bosimli gaz quvurida aniqlangan gaz sizib çiqiş holatini bartaraf etiş işlari olib borilmoqda.
Şu munosabat bilan mazkur hududlarda soat 14:00 dan 16:00 gaça tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi.
Mutaxassislar tomonidan tamirlaş işlari töliq yakunlangaç, aholiga tabiiy gaz yetkazib beriş qayta tiklanişi malum qilindi.
Mutasaddilar uşbu mahallalarda istiqomat qiluvçi fuqarolardan vaqtinçalik noqulayliklar uçun uzr sörab, xavfsizlik qoidalariga amal qilişni söramoqda.