Qöşköpirda yöl-transport hodisasi sabab gaz quvuriga şikast yetdi: 1300 ta xonadon gazsiz qoldi
10-03-2026, 21:13
565 марта
Qöşköpirda yöl-transport hodisasi sabab gaz quvuriga şikast yetdi: 1300 ta xonadon gazsiz qoldiXorazm viloyatining Qöşköpir tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida örta bosimli gaz quvuriga şikast yetdi. Natijada ayrim hududlarda tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatildi.
Malum qilinişiça, hodisa Qöşköpir tumanining Amirqum va Börloq mahallalarini tabiiy gaz bilan taminlovçi örta bosimli gaz quvurida sodir bölgan. Yöl-transport hodisasi natijasida quvurga taşqi tasir yetkazilib, gaz sizib çiqiş holati yuzaga kelgan.
Xavfsizlikni taminlaş va tamirlaş işlarini amalga oşiriş maqsadida uşbu hududlardagi 1300 ta aholi xonadoni hamda 8 ta ulgurji istemolçiga tabiiy gaz yetkazib beriş soat 20:50 dan boşlab vaqtinça töxtatilgan.
Hozirgi vaqtda mutaxassislar tomonidan avariyani bartaraf etiş va gaz quvurini tiklaş işlari olib borilmoqda.
Malum qilinişiça, avariya-tamirlaş işlari töliq yakunlanganidan söng tabiiy gaz taminoti qayta tiklanadi.
Aholidan xavfsizlik qoidalariga rioya qiliş va mutaxassislar işlariga xalaqit bermaslik söralmoqda.