Xivada ayrim mahallalarda gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi
14-03-2026, 12:02
264 марта
Xivada ayrim mahallalarda gaz taminoti vaqtinça töxtatiladiXiva şahrining Qiyot, Yangi Hayot, Tozaboğ, Gazçi, Sangar va Mevaston mahallalarini tabiiy gaz bilan taminlovçi gaz quvurida aniqlangan gaz sizib çiqiş holatini bartaraf etiş işlari olib borilmoqda.
Şu munosabat bilan bugun, 14 mart kuni soat 15:00 dan 17:00 gaça mazkur hududlarda tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi.
Malum qilinişiça, tamirlaş işlari davomida xavfsizlikni taminlaş maqsadida gaz taminoti çeklanadi.
Mutaxassislar tomonidan tamirlaş işlari yakunlanganidan söng tabiiy gaz taminoti qayta tiklanadi.