Xonqa tumanida yuk avtomobilida sodir bölgan yonğin yuzasidan malumot berildi
15-03-2026, 23:07
942 марта
Xonqa tumanida yuk avtomobilida sodir bölgan yonğin yuzasidan malumot berildiBugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Xonqa tumani markazida yuk avtomobili yondi” sarlavhali xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.
Malum qilinişiça, joriy yilning 15 mart kuni soat 19:03 da Xonqa tumani “Ahillik” mahallasi, Nurli osmon köçasida harakatlanib ketayotgan “Isuzu” rusumli yuk avtomaşinasida yonğin sodir bölgan.
Xabar olinişi bilan voqea joyiga Xonqa tumani 17-yonğin-qutqaruv qismi kuç va vositalari zudlik bilan yetib borgan. Yonğin-qutqaruvçilar tomonidan yonğin soat 19:26 da töliq bartaraf etilgan.
Yonğin oqibatida yuk avtomaşinasining salon qismi yonib zararlangan. Hodisa natijasida jarohatlanganlar yöq.
Hozirda yonğinning kelib çiqiş sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mutasaddilar barça fuqarolarni texnika va yonğin xavfsizligi qoidalariga qatiy rioya qilişga çaqirmoqda.