Urganç tumanida dalada ösimlik qoldiqlarini yoqqan fuqaro jarimaga tortildi
17-03-2026, 16:07
256 марта
Urganç tumanida dalada ösimlik qoldiqlarini yoqqan fuqaro jarimaga tortildiIjtimoiy tarmoqlarda Urganç tumanida dala maydoniga öt ketgani haqidagi xabarlar tarqalgani ortidan holat yuzasidan tekşiruv ötkazildi. Bu haqda Xorazm viloyati Ekologiya boş boşqarmasi matbuot xizmati malum qildi.
Malum qilinişiça, holatni örganiş maqsadida tuman Ekologiya davlat inspektorlari tomonidan joyiga çiqqan holda tekşiruv işlari olib borilgan.
Tekşiruv davomida Urganç tumani “Uç köprik” mahallasi hududida fuqaro B.D. tomonidan ekin yerlari atrofini ösimlik qoldiqlaridan tozalaş maqsadida ularni oçiq alangada yoqib yuborgani aniqlangan. Bu orqali Özbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qiliş töğrisida”gi Qonunining 4-moddasi talablari buzilgan.
Aniqlangan holat böyiça fuqaro B.D.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 88-moddasi 3-qismi asosida mamuriy bayonnoma rasmiylaştirildi.
Şunga köra, unga bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravari, yani 1 million 236 ming söm miqdorida jarima tayinlangan.
Ekologiya idorasi mutasaddilari fuqarolarni atrof-muhitni muhofaza qiliş qoidalariga rioya qilişga va ösimlik qoldiqlarini oçiq alangada yoqmaslikka çaqirmoqda.