Xorazmda firibgarlikda ayblangan ikki şaxs qölga olindi
17-03-2026, 21:01
460 марта
Xorazmda firibgarlikda ayblangan ikki şaxs qölga olindiXorazm viloyatida firibgarlik jinoyatida ayblanib, tergov organlaridan yaşirinib yurgan ikki nafar şaxs tezkor-qidiruv tadbirlari davomida uşlandi.
Malum qilinişiça, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan “firibgarlik” jinoyatini sodir etganlikda gumon qilinib, tergov organlaridan yaşirinib yurgan 1999 yilda Urganç tumanida tuğilgan K.S Xorazm viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati QITEB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri natijasida qölga olindi.
Şuningdek, uşbu modda bilan ayblanib, tergovdan yaşirinib yurgan yana bir şaxs — 1998 yilda Urganç tumanida tuğilgan S.R. ham Xorazm viloyati IIB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida uşlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tegişli protsessual harakatlar olib borilmoqda.