2 maydan Toşkent—Xiva yönalişida tezyurar poyezd qatnovi boşlanadi

2 maydan Toşkent—Xiva yönalişidagi “Jaloliddin Manguberdi” tezyurar poyezdi qatnovi yölga qöyiladi, deb xabar qildi jurnalist Mahliyo Töraboyeva boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatovga tayanib.
“Bugun Prezidentimiz va samarqandlik faollar bilan Narpayga test rejimida harakatlanayotgan “Jaloliddin Manguberdi” poyezdida borib keldik. Yangi, juda şinam va zamonaviy poyezd ekan.
Boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatovning biz jurnalistlarga aytişiça, “Jaloliddin Manguberdi” tezyurar poyezdi 2 maydan Toşkent-Xiva yönalişida reyslarni yölga qöyar ekan”, deb yozdi u öz Telegram-kanalida.
18 mart kuni prezident Şavkat Mirziyoyev jamoatçilik vakillari bilan birga Özbekistonga keltirilgan yangi «Hyundai Rotem» tezyurar poyezdida Samarqanddan Narpay tumaniga bordi.
«Buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi nomi bilan atalgan uşbu poyezd mamlakatimizga yetkazib berilişi rejalaştirilgan oltita “Hyundai Rotem” poyezdlaridan birinçisi. Poyezd yetti vagondan iborat, soatiga 260 kilometrgaça tezlikda harakatlana oladi.
Oynalari qoraytirilgan oq rangli tarkib Özbekiston bayroğini eslatuvçi moviy, yaşil va qizil rangli çiziqlar hamda “Jaloliddin Manguberdi” yozuviga ega. Poyezdning uzunligi 175 metrni, siğimi esa uçta – VIP, biznes va ekonom toifalarida 390 nafarga yaqin yölovçini taşkil etadi.
Poyezd Özbekiston iqlimi uçun maxsus işlab çiqilgan bölib, çangga, juda yuqori va juda past haroratlarga hamda qum böronlariga çidamli tizimlar bilan jihozlangan, uzoq masofalarga möljallangan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.