Xorazmda noqonuniy daraxt kesiş holati aniqlandi
20-03-2026, 14:58
58 марта
Xorazmda noqonuniy daraxt kesiş holati aniqlandiXorazm viloyatida tabiatga zarar yetkaziş bilan boğliq yana bir holat foş etildi. Viloyat prokuraturasi hamda Xorazm viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi Hazorasp tumani bölimi tomonidan ötkazilgan navbatdagi nazorat-reyd tadbirlari davomida noqonuniy daraxt kesiş holati aniqlandi.
Malum qilinişiça, reyd tadbirlari davomida Hazorasp tumanining “Boğuroqlar” mahallasi hududida fuqaro tomonidan ruxsatsiz ravişda terak turiga mansub daraxt kesilgani malum bölgan. Mazkur holat ekologik qonunçilik talablarini qöpol ravişda buziş sifatida baholandi.
Holat yuzasidan fuqaro **G.Y.**ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismi asosida mamuriy bayonnoma rasmiylaştirildi. Natijada huquqbuzarga 10 million 300 ming söm miqdorida jarima qöllanildi.
Şuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar hisob-kitob qilinib, 412 ming söm miqdorida tovon puli undiriş belgilandi.
Mutaxassislar takidlaşiça, daraxtlarni noqonuniy kesiş holatlariga qarşi nazorat tadbirlari doimiy ravişda davom ettiriladi. Tabiatni muhofaza qiliş har bir fuqaroning burçi ekani yana bir bor eslatib ötildi.