Xorazmda yangi tayinlov
27-03-2026, 23:57
1 722 марта
Xorazmda yangi tayinlovUrazbayev Akmalbek Aminbayeviç Xorazm viloyati Ösimliklar karantini va himoyasi boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlovga qadar A.Urazbayev Xorazm viloyati Qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Aytilişiça, u qişloq xöjaligi sohasida köp yillik iş tajribasiga ega bölib, sohada amalga oşirilayotgan islohotlar hamda fitosanitar xavfsizlikni taminlaş, ösimliklarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qiliş borasidagi işlarga munosib hissa qöşib kelgan.
Yangi lavozimda u viloyatda ösimliklar karantini tizimini takomillaştiriş, qişloq xöjaligi ekinlarini himoya qiliş va eksportbop mahsulotlar sifatini taminlaşga qaratilgan işlarni yanada samarali taşkil etişi kutilmoqda.