Xorazm “Hududiy elektr tarmoqlari” ogohlantiriş bilan çiqdi
14-04-2026, 17:55
495 марта
Xorazm “Hududiy elektr tarmoqlari” ogohlantiriş bilan çiqdiXorazm viloyatida kuzatilayotgan noqulay ob-havo şaroiti, xususan kuçli şamol sabab ayrim hududlarda elektr energiyasi taminotida uzilişlar yuzaga kelmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali malumotiga köra, hozirda barça tezkor çiqiş brigadalari va maxsus texnika vositalari 24 soatlik navbatçilik asosida şay holatga keltirilgan. Elektr taminotidagi uzilişlarni bartaraf etiş uçun joylarda tezkor işlar olib borilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan nosozliklarni qisqa vaqt içida bartaraf etiş maqsadida barça zarur çoralar körilmoqda.
📞 Şuningdek, fuqarolar kunning istalgan vaqtida 1154 işonç raqami orqali yoki qöşimça ravişda 1051 qisqa raqamiga murojaat qilişlari mumkin.
Aholidan vaziyatga tuşuniş bilan yondaşiş va xavfsizlik qoidalariga amal qiliş söralmoqda.