Xivadagi “Arda Khiva” maskani yonida tirbandlik: Svetofor örnatilişi zarur
11-05-2025, 12:16
588 марта

Xiva şahrining kiriş qismida joylaşgan yangi turistik maskan — “Arda Khiva” yaqinida har kuni tirbandliklar kuzatilmoqda. Uşbu holat ayniqsa uşbu maskanga taşrif buyuruvçilar sonining ortişi bilan yaqqol sezilmoqda.
Malumki, yaqinda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev “Arda Khiva” loyihasining tantanali oçiliş marosimida iştirok etib, mazkur majmua Xivaning turizm salohiyatini yangi bosqiçga olib çiqişini takidlagan edilar. Bugungi kunda bu maskan nafaqat mahalliy aholining, balki minglab sayyohlarning ham etiborini tortmoqda. Natijada, har kuni mazkur hududda yuzlab avtomobillar harakati yuzaga kelib, aynan “Arda Khiva” oldidagi çorrahada katta tirbandlik paydo bölmoqda.
Uşbu tirbandliklar nafaqat maskanga taşrif buyuruvçilarga, balki Xiva şahri yönalişida harakatlanayotgan boşqa haydovçilarga ham noqulaylik tuğdirmoqda. Avtomobillar harakati sekinlaşgan, ayrim paytlarda esa töxtab qolmoqda. Bu esa nafaqat vaqtdan, balki yoqilğidan ham ortiqça sarf talab etmoqda.
Mahalliy aholining aytişiça, mazkur nuqtaga svetofor örnatilişi vaziyatni ança yengillaştirgan bölardi. Svetofor orqali transport oqimi tartibga solinadi, piyodalar xavfsizligi taminlanadi va tirbandliklarning oldi olinadi.
Tegişli mutasaddilardan uşbu masalaga etibor qaratilişi, “Arda Khiva” oldidagi çorrahaga svetofor örnatilişi böyiça çora körilişi kutilyapti. Zero, yangi oçilgan maskan atrofidagi infratuzilmaning ham şunga yaraşa takomillaştirilişi, şaharning obrösiga mos bölişi lozim.