Festival iştirokçilari Xorazmda: sanat bayramiga start berildi
26-04-2026, 08:52
118 марта
Festival iştirokçilari Xorazmda: sanat bayramiga start berildiXorazm viloyati yana bir bor xalqaro madaniyat markaziga aylanmoqda. 25–30 aprel kunlari qadimiy Xiva şahrida ötkazilayotgan III “Lazgi” xalqaro raqs festivali doirasida xorijiy va mahalliy iştirokçilar hududga yetib kelmoqda.
Bugun festival mehmonlari — professional raqqosalar, ijodiy jamoalar, xoreograflar hamda sanatşunos olimlar tantanali ravişda kutib olindi. Turli davlatlardan taşrif buyurgan iştirokçilar mazkur tadbirning nufuzini yanada oşirmoqda.
Mazkur festival YuNESKO şafeligida taşkil etilgan bölib, uning asosiy maqsadi “Xorazm lazgi” raqs sanatini asrab-avaylaş, rivojlantiriş va uni jahon miqyosida keng tarğib qilişdan iborat.
Festival dasturi doirasida xalqaro tanlovlar, kontsert dasturlari, ilmiy-amaliy konferentsiyalar, davra suhbatlari hamda mahorat darslari ötkazilişi rejalaştirilgan. Iştirokçilar yakkaxon ijroçilar va raqs jamoalari örtasida bellaşib, festival yakunida ğoliblar Gran-pri va boşqa nominatsiyalar böyiça taqdirlanadi.
Ayni paytda Xorazmda bayramona muhit hukm surmoqda: maydonlar bezatilgan, sahnalar şay holga keltirilgan, şahar esa mehmonlarni kutib olişga töliq tayyor.
III “Lazgi” xalqaro raqs festivali — bu nafaqat sanat bayrami, balki xalqlar örtasidagi döstlik va madaniy aloqalarni mustahkamlovçi muhim xalqaro maydon hisoblanadi.




