Ertaga Xorazmda yomğir va kuçli şamol kutilmoqda
19-05-2026, 12:31
728 марта
Ertaga Xorazmda yomğir va kuçli şamol kutilmoqda“Özgidromet” malumotlariga köra, 20 may kuni Xorazm viloyatida havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda.
Sinoptiklar prognoziça, viloyatning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq kuzatilişi mumkin. Şuningdek, şamol şarqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi.
Ayrim joylarda şamol tezligi 13–18 metr/sekundgaça kuçayişi, çang-tözonlar kuzatilişi ehtimoli bor.
Havo harorati keçasi 13–18 daraja, kunduzi esa 29–34 daraja atrofida böladi.
Fuqarolarga kuçli şamol vaqtida ehtiyotkor böliş, yengil konstruktsiyalar va daraxtlar yaqinida uzoq turmaslik tavsiya etilmoqda.