Xorazmda noqulay ob-havo sababli elektr taminotida uzilişlar kuzatilmoqda
16-06-2026, 07:09
227 марта
Xorazmda noqulay ob-havo sababli elektr taminotida uzilişlar kuzatilmoqdaViloyatimizda kuzatilayotgan noqulay ob-havo şaroiti, xususan, kuçli yoğingarçilik oqibatida ayrim hududlarda elektr energiyasi taminotida uzilişlar sodir bölmoqda. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.
Yuzaga kelgan avariyaviy holatlarni tezkorlik bilan bartaraf etiş maqsadida tizimda favqulodda çora-tadbirlar belgilangan.
Maxsus brigadalar 24 soatlik iş rejimiga ötkazildi
Istemolçilarni barqaror elektr energiyasi bilan taminlaş va tarmoqlardagi nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etiş uçun «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan 24 soatlik navbatçilik taşkil etildi.
Ayni paytda barça tezkor çiqiş brigadalari va maxsus texnika vositalari töliq şay holatga keltirilgan. Yuzaga kelayotgan uzilişlarni bartaraf etiş işlariga barça kuç va vositalar safarbar qilingan.
Murojaat uçun qisqa raqamlar
Hurmatli istemolçilar, agar siz yaşayotgan hududda elektr taminotida uzilişlar yoki avariyaviy holatlar kuzatilsa, kunning istalgan vaqtida quyidagi işonç telefonlariga qönğiroq qilişingiz mumkin:
1154 — Yagona qisqa raqami;
1051 — Xorazm viloyati elektr energiyasi istemolçilari uçun qöşimça tezkor aloqa raqami.
Soha mutaxassislari noqulay ob-havo tufayli yuzaga kelayotgan vaqtinçalik noqulayliklar uçun istemolçilardan uzr söraydi va tizim imkon qadar qisqa fursatlarda normal holatga keltirilişini malum qiladi.