Urgançda atmosfera havosi ifloslanişi kuzatildi
15-11-2025, 19:39
151 марта
Urgançda atmosfera havosi ifloslanişi kuzatildiÖzgidromet markaziy apparatining 2025-yil 15 noyabr kuni soat 17:00 holatiga taqdim etgan malumotiga köra, mamlakatning bir qator şaxarlarida atmosfera havosi sifati yomonlaşgan. Ular orasida Urganç şahri ham bor.
Malumotga köra, Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarşi, Navoiy, Samarqand, Termiz, Farğona, Toşkent va Urganç şaharlarida atmosfera havosi ifloslanişi qayd etilgan.
Urgançda kuzatilgan havo ifloslanişi körsatkiçlari havo sifatining pasayganini anglatadi. Mutasaddilarning takidlaşiça, bunday holatlar asosan insoniy faoliyat, yöl harakati ziçligi, sanoat çiqindilari hamda iqlim şaroitlari tasirida yuzaga kelişi mumkin.
Aholiga tavsiyalar:
• imkon qadar oçiq havoda uzoq vaqt yurmaslik;
• bolalar, keksalar va yurak-qon tomir yoki nafas yöllari kasalliklari bor fuqarolar ehtiyot çoralarini körişlari;
• uyda havo tozalaş uskunalaridan foydalaniş;
• zarur hollarda tibbiy niqob taqiş.
Özgidromet tomonidan havo holati yuzasidan qöşimça malumotlar taqdim etib boriladi.