Havo sovişi ortidan Energetika vazirligi ogohlantiriş bilan çiqdi
16-01-2026, 20:53
636 марта

Havo sovişi ortidan Energetika vazirligi ogohlantiriş bilan çiqdi
Bugun, 16 yanvardan boşlab Özbekistonda havo harorati keskin pasayişi kutilmoqda. Şu sababli Energetika vazirligi ogohlantiriş bilan çiqdi.Qayd etilişiça, Özbekistonda havo haroratining keskin pasayişi munosabati bilan energitika tizimi kuçaytirilgan iş rejimiga ötkaziladi. Şu munosabat bilan yoqilği-energetika tizimi sovuq ob-havo şaroitida barqaror işlaş böyiça tegişli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Elektr, issiqlik va gaz tarmoqlarida qöşimça texnik köriklar ötkazilib, işlab çiqariş va yetkazib beriş quvvatlari mavjud şaroitga moslaştirilgan. Masul xizmatlar 24/7 rejimida iş olib bormoqda.
Sovuq kunlarda energiyaga bölgan talab ortadi. Ayrim hududlarda vaqtinçalik texnik çeklovlar bölişi mumkin.
Istemolçilardan elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalaniş, isitiş uskunalaridan tejamkorlik bilan foydalaniş tavsiya qilinadi. Uy-joylarda issiqlikni saqlaş orqali ham energiya tejaladi, ham xona iliq böladi. Isitiş uskunalarini qarovsiz qoldirmaslik, ulardan foydalaniş vaqtida xonada şamollatişni taminlaş zarur. Dudburon va ventilyatsiya tizimlarining işlaş holati muntazam tekşirib turilişi şart.
Is gazidan zaharlanişning oldini oliş maqsadida yopiq xonalarda oçiq olov yoki nosoz isitiş qurilmalaridan foydalanmaslik, imkon qadar is gazi aniqlagiç uskunalardan foydalaniş tavsiya etiladi.
Elektr va gaz taminoti bilan boğliq savol, murojaat va takliflar bölsa, quyidagi aloqa kanallariga murojaat qiliş mumkin:
- Elektr taminoti böyiça: 1154
- Gaz taminoti böyiça: 1104 va 104.