Sovuq sabab Xorazmda metan zapravkalar işlamayapti, çeklovlar yana çözilişi mumkin
21-01-2026, 10:41
2 129 марта
Sovuq sabab Xorazmda metan zapravkalar işlamayapti, çeklovlar yana çözilişi mumkinXorazm viloyatida sönggi kunlarda kuzatilayotgan keskin sovuqlar sabab metan yoqilği quyiş şoxobçalari faoliyati deyarli töxtab qolgan.
Mutaxassislar bu holatni tabiiy gaz bosimining keskin pasayişi bilan izohlamoqda. Mavjud vaziyatda birinçi navbatda aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obektlari — maktablar, boğçalar va şifoxonalarni gaz bilan taminlaş ustuvor vazifa etib belgilangan. Şu sababli avtotransport vositalari uçun möljallangan metan zapravkalar faoliyati çeklangan.
Sinoptiklar tomonidan 22–24 yanvar kunlari havo harorati yanada pasayişi, qor yoğişi va kuçli şamol kuzatilişi prognoz qilingani esa muammoning yanada çözilişi ehtimolini oşirmoqda. Bu esa metan zapravkalarning yaqin kunlarda ham töliq iş boşlamasligi mumkinligini anglatadi.
Ayni holat Xorazm viloyatida metan yoqilğisida harakatlanuvçi haydovçilar uçun jiddiy qiyinçilik tuğdirmoqda. Köplab fuqarolar kundalik iş va harakatda muammoga duç kelayotgani, navbatlar va noaniqlik saqlanib qolayotganini takidlamoqda.
Mutasaddi taşkilotlar vaziyat böyiça rasmiy va aniq malumot berişi, çeklovlar qança muddat davom etişi haqida jamoatçilikni xabardor qilişi kutilmoqda. Aholi esa sovuq ob-havo şaroitida ehtiyotkor bölişga va imkoniyatdan kelib çiqqan holda muqobil transport turlaridan foydalanişga çaqirilmoqda.