Özgidrometdan tezkor ogohlantiriş bilan çiqdi
6-03-2026, 12:29
92 марта
Özgidrometdan tezkor ogohlantiriş: 9–12 mart kunlari sovuq va nam havo kirib keladiÖzbekiston hududiga 9–12 mart kunlari sovuq va nam havo massalari kirib kelişi kutilmoqda. Bu haqda Özgidromet xizmati tezkor ogohlantiriş bilan çiqdi.
Malum qilinişiça, 9–11 mart kunlari respublika hududlari böylab vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik kuzatiladi. Asosan yomğir yoğişi, ayrim hududlarda esa yoğingarçilik qorga aylanişi mumkin. Ayniqsa, respublika toğ oldi va toğli hududlarida yoğingarçilik (yomğir va qor) ayrim joylarda kuçli bölişi ehtimoli bor.
Şuningdek, respublika böyiça bazi joylarda şamol tezligi sekundiga 15–20 metrgaça kuçayişi kutilmoqda. Ayrim hududlarda şamol tezligi bazida 22–25 metrgaça yetişi mumkin.
Sinoptiklar malumotiga köra, 10–12 mart kunlari havo harorati ham sezilarli darajada pasayadi. Respublika şimolida keçalari 7–10 daraja sovuq, kunduz kunlari esa 0–3 daraja sovuq bölişi kutilmoqda.
Qolgan hududlarda esa 11–12 mart kunlari keçalari havo harorati 0–3 daraja sovuqqaça, kunduz kunlari esa 2–5 daraja iliq atrofida bölişi prognoz qilinmoqda.
Mutasaddilar aholidan ehtiyot çoralarini köriş, ayniqsa kuçli şamol va yoğingarçilik paytida ehtiyotkor bölişni söramoqda.